"O'zbekiston MET" AJ ma'muriyatining ko'rsatmalariga binoan ishchi-xodimlar davlat tilida ish yuritish amaliyotining nazariy va amaliy bilim-ko'nikma hamda mahoratini oshirish borishi, bu borada turli seminar va malaka oshirish kurslari tashkil etish belgilangan.
Shu maqsadda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universtiteti huzuridagi "Davlat tilida ish yuritish asoslarini o'qitish va malaka oshirish markazi" bitiruvchisi, ICHTB bo'limi xodimi Gulxumor Qo'chqorova o'quv kursida o'zlashtirgan bilim-tajribalarini hamkasblari bilan o'rtoqlashdi.
Mahorat darsida filial faoliyatida xat-hujjat ishlariga mas'ul bo'lgan xodimlar ishtirok etishdi.
"O'zbekiston MET" AJ axborot xizmati
Telegram kanaliga a'zo bo'lish uchun t.me/uzmetaxborotxizmati