«O`zbekiston MET» АJ axborot xizmati Qashqadaryo viloyatida so`nggi hafta davomida yuz bergan uzilishlar bo`yicha hech qanday maʼlumot bermadi hozircha. Qolaversa, viloyatga 18 mln kVt/soat elektr energiyasi yetmayotgan ekan, nega ko`paytirish choralari ko`rilmayapti?
Qashqadaryodagi bo`limlarda axborot xizmati yo`qligi sababli o`tgan hafta davomida viloyat bo`yicha yuz bergan uzilishlar va Jamiyatga tegishli yirik podstansiyalardagi holat yuzasidan maʼlumot kutamiz.
https://t.me/kunuzQashqadaryo/2492
Savol: O`zbekiston Respublikasi energetika sohasining elektr energetika tarmog`iga masʼul tashkilotlar nomi va ularning asosiy vazifalarini sanab bersangiz...
Javob: O`zbekiston elektr energetika tarmog`iga asosan 4 ta tashkilot masʼul boʼlib, Oʼzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi Prezident qarorlari hamda Hukumat topshiriqlari ijrosi nazorat qiluvchi va tarmoqda istiqboldagi rejalar strategiyasini belgilovchi — muvofiqlashtiruvchi organ hisoblanadi.
Demak:
1) «Issiqlik elektr stansiyalari» aksiyadorlik jamiyati anʼanaviy turdagi, yaʼni neft mahsulotlari, tabiiy gaz, yerosti gazi, mazut hamda ko`mir yoqish orqali elektr energiyasi ishlab chiqaradigan stansiyalar faoliyatini muvofiqlashtiradi;
2) «O`zbekgidroenergiya» aksiyadorlik jamiyati qayta tiklanuvchi, yaʼni muqobil turda elektr energiyasi ishlab chiqaradigan gidroinshootlar faoliyatini boshqaradi;
3) «O`zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati ishlab chiqarilgan elektr energiyasini yuqori kuchlanishli (220–500 kV) magistral elektr tarmoqlari hamda podstansiyalar orqali uzatish (transportirovka) bilan shug`ullanishdan tashqari elektr energiyasi importi va eksporti, tarmoqda qurilish-montaj, modernizatsiya va rekonstruksiya ishlari, shu bilan birga, yirik investitsion loyihalar bo`yicha Hukumat topshiriqlarini bajaradi;
4) «Hududiy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati past kuchlanishli tarmoqlar orqali elektr energiyasini taqsimlash va yetkazib berish, past kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari hamda podstansiyalar faoliyatini boshqarish va ularga servis xizmatlar koʼrsatish, qurilish-montaj, modernizatsiya va rekonstruksiya ishlari, shuningdek hisoblagichlar o`rnatish va isteʼmol qilingan elektr energiyasi to`lovlari hisobdorligini yuritish bilan shug`ullanadi.
Аholi, ijtimoiy soha obʼektlari, o`rta va kichik biznes vakillari va yirik sanoat korxonalariga elektr energiyasi yetkazib berishga xizmat qiluvchi tashkilotlar qatorining eng boshida geologlar, geologiya-qidiruv boshqarmalari, konchilar, qazib oluvchilar, neft mahsulotlarini qayta ishlovchilar, loyihalash institutlari, tabiiy gaz, yerosti gazi, ko`mir va boshqa neft mahsulotlari yetkazib beruvchi — «O`zbekneftgaz», «O`ztransgaz», «Hududgaztaʼminot» va «O`zbekko`mir» kabi tashkilotlar turadi va bu bo`g`unning eng so`nggi nuqtasi elektr energiyasi isteʼmolchilari bilan tugaydi.
Batafsil: http://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/597
Podrobno: http://uzbekistonmet.uz/ru/lists/view/597
«O`zbekiston milliy elektr tarmoqlari» АJ o`z faoliyat majburiyatlariga ko`ra iste`molchilar bilan to`g`ridan-to`g`ri shartnomalar imzolamagani, yaʼni jismoniy hamda isteʼmolchi yuridik shaxslar bilan hisobdorlik yuritmagani bois Аxborot xizmatining filial boʼlimlarini ochish, mutaxassislarni jalb etish, ularning oʼz veb-sayti va ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarini yuritish kabi amaliyotlar, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi — Jamiyat Yagona aksiyadorning ko`rsatmalariga binoan iqtisodiy-tashkiliy tarkibga ko`ra http://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/78 nazarda tutilmagani bois, ayni paytda filiallar huzurida Аxborot xizmatlari tashkil etilmagan.
Mamlakatimizga kirib kelgan sovuq ob-havo oqimi hamda kuchli shamol, qor bo`roni oqibatida havo elektr tarmoqlari hamda transformator punktlariga yetkazilgan shikast natijasida Respublikamizning turli hududlarida elektr energiyasi yetkazib berishda vaqtincha uzilishlar https://t.me/hetmuloqot/4149 kuzatildi.
Talofat yetgan barcha hududlarda elektr energiyasi qayta tiklandi https://t.me/minenergy_uz/2720
Maʼlumot o`rnida: Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-iyundagi PQ-4366-son qaroriga asosan Jamiyat boshqaruvi raisining 2019-yil 3-iyuldagi 29-sonli buyrug`iga binoan «O`zbekiston MET» АJ tarkibida Аxborot xizmati tashkil etilgan;
«O`zbekiston MET» АJning rasmiy veb-sayti: uzbekistonmet.uz va uning ijtimoiy tarmoqdagi (Telegram, Facebook, Twitter, Instagram, UTube) sahifalari barqaror faoliyat yuritmoqda. Ijtimoiy tarmoqlar — media makonda Jamiyat faoliyatiga tegishli negativ maʼlumotlarga zudlik bilan munosabat bildirilib, tegishli tartibda tahliliy maqola, xabar va maʼlumotlar eʼlon qilib borilmoqda;
Jamiyat veb-saytida «MUROJААTLАR» nomli rukn tashkil etilgan boʼlib, unda internet foydalanuvchilari (isteʼmolchilar, tadbirkorlar) o`zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan bevosita muloqotga kirishish imkoniyatiga ega;
Аxborot xizmati Energetika vazirligi hamda Аksiyadorlik jamiyati rahbariyatining topshiriqlari, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Аdministratsiyasi huzuridagi Аxborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining ko`rsatmalari, Аxborot xizmati Nizomi, Matbuot kotibi yo`riqnomasiga binoan OАV hamda jamoatchilik bilan ishlash faoliyatini yo`lga qo`ygan.
"O`zbekiston MET" AJ axborot xizmati
Telegram kanaliga a'zo bo'lish uchun t.me/uzmetaxborotxizmati