Avval xabar berganimizdek, "O'zbekiston MET" AJ 22-dekabr — Energetiklar kuni munosabati bilan turli tadbirlar o'tkazilib, Jamiyat ishchi-xodimlari samarali mehnat faoliyati uchun taqdirlanmoqda: https://telegra.ph/uzbekistonmetuz-12-23
Bayram munosabati bilan "Samarqand magistral elektr tarmoqlari" filialida o'tkazilgan tadbirda Jamiyat boshqaruv raisi D.A.Isaqulov ishtirok etib, soha vakillarini kasb bayrami bilan qutladi.
Shuningdek, tadbirda 2021-yilda Jamiyat tomonidan amalga oshiriladigan investitsion loyihalar, modernizatsiya-rekonstruksiya ishlari hamda qurilish-montaj amaliyotlari muhokama etildi.
"O'zbekiston MET" AJ axborot xizmati
t.me/uzmetaxborotxizmati