Yangiliklar
“Xorazm MET” filialining 220/110/10 kV kuchlanishli “Хоразм” podstansiyasida “Yong‘in xavfsizligi oyligi” tadbiri o‘tkazildi
  • 13.12.2024
  • 86

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Hukumat komissiyasi raisi A.Ramatov tomonidan 2024-yil 28-oktabrdagi 2-sonli “Favqulodda vaziyatlarning  oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha Hukumat komissiyasi yig‘ilishi” bayoniga asosan O‘zbekiston Respublikasida Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan mamlakatimiz hududida  joriy yilning 15-noyabridan 15-dekabrga qadar “Yong‘in  xavfsizligi  oyligi” tadbirlarini o‘tkazishi rejalashtirilgan.

Ko‘rik oyligi doirasida, qish faslida isitish moslamalaridan to‘g‘ri foydalanish, yong‘inlar bilan bog‘liq baxtsiz hodisalarning oldini olish, barcha energetika va ijtimoiy soha obyektlarda yong‘in xavfsizligi borasida amalga oshirilayotgan ishlarda xodimlar ishtiroki ta’minlash uchun “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining 2024-yil 5-noyabrdagi 235-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida  “Xorazm magistral elektr tarmoqlari” filialining  2024-yil 15-noyabrdagi 102-sonli buyrug‘i qabul qilindi. Buyruq va ko‘rsatmalar ijrosini taʼminlash maqsadida “Yong‘in  xavfsizligi  oyligi” tadbirlari o‘tkazilmoqda.

FacebookInstagramYouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>