Yangiliklar
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING KONSTITUTSIYASI — ERKIN VA FAROVON HAYOT GAROVI!
  • 06.12.2024
  • 71

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Ijroiya qo’mitasining 2024-yil 22-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida"gi 13-49“c”-sonli qarori,  O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi ijroiya qo‘mitasining 2024-yil 29-oktabrdagi 15-50“c”-sonli qarorlarini ijrosini ta’minlash maqsadida «Samarqand magistral elektr tarmoqlari» filialida voleybol sport turi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.

“Konstitutsiya — huquq va erkinliklarimiz, farovonligimiz kafolati”, “Inson huquqlari — qonun himoyasida “,  “Konstitutsiyamiz — baxtimiz qomusi” shiori ostida shu paytga qadar o‘tkazilgan va 8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32-yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan tadbir sog‘lom turmush tarzini ulug‘lash va mehnat unumdorligini oshirishqa qaratilganligi bilan ahamiyatli.

Tadbir davomida Filial ishchi-xodimlari o‘zining jismoniy salohiyatini namoyon etgan holda jamoa bo‘lib kuch sinashdilar. Natijalar quyidagicha:

1.  «So‘g‘diyona» podstansiyasining Idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash bo‘linmasi jamoasi – 1-o‘rin.

2.  «So‘g‘diyona» podstansiyasining Ekspluatasiya guruhi jamoasi – 2-o‘rin;

3.  «Samarqand» podstansiyasining Ekspluatasiya guruhi jamoasi – 3 o‘rin.

Musobaqa g‘oliblari va qatnashilarini Kasaba uyushmasi boshlang‘ich tashkiloti tomonidan esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

FacebookInstagramYouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>