Yangiliklar
Qiziqarli maʼlumot: Quyosh tizimlarining ikkita asosiy turi mavjud: On-Grid va Of-Grid
  • 25.11.2024
  • 50

Xo‘sh, ularning farqi nimada?
 
⏺️ On-Grid —  invertor yordamida alternativ elektr energiyasi manbai umumiy elektr taʼminoti tarmog‘iga ulangan va parallel ravishda ishlaydigan tizim. Bunday tizimli elektr uskunalari zaxira quvvatiga ega tizimga nisbatan arzonroq, chunki u faqat quyosh panellari va tarmoq inverteri jihozlarini o‘z ichiga oladi.
 
⏺️ Of-Grid — muqobil elektr energiyasi manbai tashqi shahar tarmog‘iga ega bo‘lmagan tizim. Quyosh panellari fotovoltaik modullardan, zaryad boshqaruvchisidan, batareyalar to‘plamidan va invertordan iborat. Zaryad boshqaruvchisi va invertor orqali quyosh panellari tomonidan ishlab chiqarilgan elektr energiyasi isteʼmolchilarga yetkazib beriladi. Quyoshli kunlarda isteʼmolni taʼminlash uchun kerak bo‘lgandan ko‘ra ko‘proq elektr energiyasi ishlab chiqariladi va ortiqchasini batareyalarda to‘planadi.

▶️ Batafsil
 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

>