Maʼlumki, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Energetika vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zenergiyainspeksiya” nazorat tashkiloti hamda mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda “Yoqilg‘i-energetika resurslaridan foydalanish ustidan davlat nazoratini samarali tashkil etish yuzasidan” qo‘shma qaror ijrosini taʼminlash maqsadida bir qator tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Shu bois, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining barcha filiallariga energiya resurslarini iqtisod qilish, kuz-qish mavsumida podstansiyadagi elektr uskunalarining barqaror ishlashini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlarni kuchaytirish uchun “O‘zbekiston MET” AJ ning 2024-yil 7 noyabrdagi 238-sonli buyrug‘iga asosan “Andijon MET” filiali direktorining 2024-yil 7-noyabrdagi 160-sonli buyrug‘i qabul qilindi. Buyruq va ko‘rsatmalar ijrosini taʼminlash maqsadida 2024-yil 1-noyabrdan 1-dekabrgacha “Energetika xavfsizligi oyligi” tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Favqulodda vaziyatlarni oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha Hukumat komissiyasi yig‘ilishining 2024-yil 28-oktabrdagi 2-sonli bayoni, “O‘zbekiston MET” AJ ning 2024-yil 5-noyabrdagi 235-sonli buyrug‘i hamda “Andijon MET” filialining 2024-yil 5-noyabrdagi 163-sonli buyrug‘i ijrosini taʼminlash maqsadida 2024-yil 15-noyabrdan 15-dekabrgacha “Yong‘in xavfsizligi ko‘rik oyligi” tadbirlari ham o‘tkazilmoqda.
Ko‘rik oyligini o‘tkazish to‘g‘risidagi tuzilgan chora-tadbirlarga asosan 220/35/10 kV kuchlanishli “Bobur” podstansiyasida “Energetika xavfsizligi” va “Yong‘in xavfsizligi” ko‘rik oyligi tadbirlari bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, mutasaddi tashkilot va idoralar, shuningdek, Andijon viloyati Yong‘in o‘chirish bo‘linmasi mutaxassislari bilan hamkorlikda o‘quv seminari hamda amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati