OAV va jamoatchilik bilan ishlash
OAV: “Qarshi shahrida tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan nonvoyxona aniqlandi”
  • 15.11.2024
  • 111

“Oʻzenergoinspeksiya” Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorligida oʻtkazilgan nazorat tadbirida Qarshi shahrida faoliyat yuritayotgan “Sh.H.N.” oliyaviy korxonasiga qarashli nonvoyxonada hisoblagichdan tashqari to‘g‘ridan to‘g‘ri tarmoqqa ulanib, 2 dona gaz so‘rgich uskunasidan foydalanib kelayotganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra gaz ta’minoti korxonasiga 68,8 mln so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

 

Manba: https://t.me/Energoinspeksiya/5771

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

 

>