⚡️ Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston MET» AJ tasarrufidagi magistral elektr tarmoqlari filiallari tomonidan 2024/2025-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari amalga oshirilmoqda. Shuningdek, investitsiya lohihalari doirasida modernizatsiya-rekonstruksiya va qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda.
E’tiboringizga havola etilayotgan suratlarda «Andijon magistral elektr tarmoqlari» filiali tasarrufidagi 220 kV kuchlanishli «Yulduz» podstansiyasiga quvvati 250 MVA bo‘lgan 2 dona yangi transformator olib kelish jarayoni aks etgan.
Eslatib o‘tamiz, 2024-yil davomida investitsiya dasturi doirasida 595 km uzunlikda 220–500 kVli elektr tarmoqlari va 2798 MVA o’tkazuvchanlik quvvati yaratiladi. Jumladan, 1877 MVA quvvatga ega 4 ta yangi podstansiya qurilmoqda, podstansiyalarni modernizatsiya qilish hisobidan 921 MVA qo‘shimcha quvvat yaratilmoqda.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati