Avval xabar berganimizdek, 2023-yilning noyabr oyida 220/110/10 kV kuchlanishli “Saroy” podstansiyasiga 1 dona 125 MVA quvvatga ega (birinchi bosqich) avtotransformator o‘rnatilib, ishga tushirilgan edi.
Bugun, 2024-yil 20-sentabr kuni foydalanishga qurib topshirilgan yangi “Saroy” podstansiyasida qurilish-montaj ishlari (ikkinchi bosqich) yakunlanib, 125 MVA quvvatga ega ikkinchi transformator ishga tushirildi.
⚡️ Ayni paytda yangi qurilgan podstansiyaning umumiy quvvati 250 MVAga teng. Amalga oshirilgan ishlar natijasida Andijon viloyatining Bo‘ston, Ulug‘nor, Baliqchi va Shahrixon tumanlari isteʼmolchilari elektr taʼminoti ishonchliligi oshirildi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
https://t.me/shahrixontumani/25395
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati