«O‘zbekiston–24» radiokanalida efirga uzatilgan «Yangiliklar» dasturida «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatida boshqaruvi raisi D.A.Isaqulov tomonidan oliy taʼlim muassasasida o‘tkazilgan «mahorat darsi» haqida axborot berildi. Tadbir ishtirokchilari dunyo energetikasidagi o‘zgarishlar, mamlakatimizda olib borilayotgan energetika islohotlari, qayta tiklanuvchi energiya manbalariga o‘tish jarayoni, reaktiv va aktiv quvvat tushunchasi, energiya samaradorligi va tejamkorligi, yosh muhandis kadrlarga yaratilayotgan sharoitlarga oid savollarga javob olishdi.
▶️ Batafsil
Eslatib o‘tamiz, bunday tadbirlar Tarmoq ilmiy-texnik kengashi faoliyatini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan.
✍️ Eshittirishni jurnalist Nilufar Ahmedova tayyorlagan.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati