Yangiliklar
Yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlarida ta’mirlash-sozlash ishlari davom ettirilmoqda
  • 09.09.2024
  • 137

Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi magistral elektr tarmoqlari filiallarining Elektr uzatish havo liniyalari xizmatlari tomonidan nazorat ko‘riklari o‘tkazilmoqda. Nazorat ko‘riklari davomida aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilib, ta’mirlash-sozlash ishlari bajarilmoqda.

⚡️ Misol uchun, «Toshkent magistral elektr tarmoqlari» filiali mutaxassislari Toshkent viloyati hududidan o‘tuvchi 110 kV kuchlanishli, texnik-muhandislik nomi L–R–D bo‘lgan magistral elektr tarmog‘ida joriy ta’mirlash ishlarini amalga oshirishdi.

E’tiboringizga havola etilayotgan suratlarda, ta’mirlash-sozlash ishlaridan keyin metall konstruksiyali tayanch ustunlariga korroziyaga qarshi bo‘yoq tortish ishlari aks etgan.

Facebook  ‖ InstagramYoutube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>