Avval xabar berganimizdek, 2024-yil 10-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri — Fuqaro muhofazasi boshlig‘ining 2024-yil 8-iyuldagi 2024–2025-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish davomida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar hamda yirik avariyalarning oldini olish va yong‘in xavfsizligi tadbirlarini yana-da samarali tashkil etish to‘g‘risida 3-son buyrug‘i, shuningdek, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining 2024-yil 10-iyuldagi 8-son buyrug‘i asosida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Shuni alohida taʼkidlab o‘tish kerakki, Aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi barcha filiallar O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vaziri — general-mayor Qo‘ldoshev Abdulla Xamidullayevich tomonidan kuz-qish mavsumiga “Tayyor” deb baholandi. Shuningdek, Faqulodda vaziyatlar vazirligi mutasaddi xodimlari tomonidan “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining magistral elektr tarmoqlari filiallarini kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rishi, zaxiralarni joylashtirib ko‘rsatishi, o‘quv nuqtalarida kameralarning to‘g‘ri joylashtirilishi (onlayn va oflayn), xodimlarining xatti-harakatlarini o‘z mutaxassisliklari yo‘nalishida (elektromontyor, yuqori kuchlanishli elektr tarmog‘i xizmati, balandlikda ish bajaradigan xodimlar) bilim-salohiyatga ega ekanini “o‘rnak” qilib ko‘rsatib, mavsumga tayyorgarlik borasida bajarilgan ishlarga ijobiy xulosalar berishdi.
Misol uchun, joriy yilning 15-iyul sanasidan boshlab “Andijon magistral elektr tarmoqlari” filiali tasarrufidagi 500 kV kuchlanishli “Lochin”, “Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali tasarrufidagi 220 kV kuchlanishli “Sardor”, “Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari” filiali tasarrufidagi 500 kV kuchlanishli “O‘zbekiston”, “Qoraqalpog‘iston magistral elektr tarmoqlari” filiali tasarrufidagi 220 kV kuchlanishli “Beruniy”, “Xorazm magistral elektr tarmoqlari” filiali tasarrufidagi 220 kV kuchlanishli “Xorazm”, “Jizzax magistral elektr tarmoqlari” filiali tasarrufidagi 220 kV kuchlanishli “DNS-2”, “Buxoro magistral elektr tarmoqlari” filiali tasarrufidagi 500 kV kuchlanishli “Qorako‘l”, “Navoiy magistral elektr tarmoqlari” filiali tasarrufidagi 220 kV kuchlanishli “Ximiya” podstansiyalarida bo‘lib o‘tgan tadbirlarda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri — Fuqaro muhofazasi boshlig‘ining 2024-yil 8-iyuldagi 2024–2025-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish davomida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar hamda yirik avariyalarning oldini olish va yong‘in xavfsizligi tadbirlarini yana-da samarali tashkil etish to‘g‘risida 3-son buyrug‘i talablari to‘liq o‘rganildi.
Magistral elektr tarmoqlarida o‘tkazilgan qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashg‘ulotlarida filiallari “O‘zbekiston MET” AJ Xavfsizlik va maxsus ishlar boshqarmasi bosh mutaxassisi Rahmatov Ulug‘bek To‘lqinjonovich bosh-qosh bo‘lib, unga Filial direktorlari, bosh muhandislari hamda ushbu yo‘nalishda mehnat faoliyati olib borayotgan mutaxassislar yaqindan yordam berishdi.
Sarvar Haydarov, “O‘zbekiston MET” AJ Xavfsizlik va maxsus ishlar boshqarmasi boshlig‘i
Eʼtiboringizga rasmiy veb-sayt sahifalarimizda eʼlon qilingan maʼlumotlar havolasini taqdim etamiz:
23.08.2024 — “Qamchiq” dovonidan o‘tuvchi elektr tarmog‘ida o‘quv-sinov mashg‘ulotlari o‘tkazildi
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/5528
22.08.2024 — «Buxoro MET» filiali Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan kuz-qish mavsumiga “tayyor” deb baholandi
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/5526
08.08.2024 — «Jizzax MET» filiali Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan kuz-qish mavsumiga “tayyor” deb baholandi
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/5506
02.08.2024 — 220/110/10 kV kuchlanishli “Qizil-Ravot” podstansiyasida yong‘in xavfsizligi - "Dolzarb 30 kun" amaliy mashg‘uloti o‘tkazildi
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/5500
02.08.2024 — «Xorazm MET» filiali Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan kuz-qish mavsumiga “tayyor” deb baholandi
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/5498
01.08.2024 — «Qoraqalpog‘iston MET» filiali Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan kuz-qish mavsumiga “tayyor” deb baholandi
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/5496
31.07.2024 — 220/110/10 kV kuchlanishli “Jizzax” podstansiyasida yong‘in xavfsizligi — «Dolzarb-30 kun» o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/5493
23.07.2024 — 500 kVli “Lochin” hamda 220 kVli “Xakan” podstansiyalarida hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqi o‘tkazildi
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/5476
22.07.2024 — 500/220/10 kV kuchlanishli “Toshkent” podstansiyasida yong‘in xavfsizligi — «Dolzarb-30 kun» o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/5473
19.07.2024 — 500/220/10 kV kuchlanishli “O‘zbekiston” podstansiyasida hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqi o‘tkazildi
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/5460
18.07.2024 — 220/110/10 kV kuchlanishli “Sardor” podstansiyasida hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqi o‘tkazildi
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/5456
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati