Bo'sh ish o'rinlari
«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati suhbat orqali ishga taklif etadi!
  • 01.08.2024
  • 187

⚡️ BO‘SH ISH O‘RNI:

▶️  Muvofiqlik tizimi (Komplaens) xizmatiga boshlig‘i lavozimi.

❗️TALABLAR:  

1. Yuridik, iqtisod, moliya, soliq va audit mutahassisliklari bo'yicha oliy ma'lumoti;

2. Moliya, soliq, komplayns-nazorat, audit va ichki nazorat, iqtisod, huquq bilan bog‘liq sohalarda ish tajribasi va samarali ish stajiga ega;   

3.  Komputerda ishlashni mukammal bilishi (Microsoft Office, Exsel, Word, Power Point, Outlook, Internet) lozim;

4. Ma'lumotlarni, hisobotlarni tahlil qilish, mustaqil fikrlash, g‘oyaviy ijodkorlik, jamoa bilan va o‘z ustida ishlash ko‘nikmalariga ega bo'lish;

5. Ish faoliyati bo‘yicha xizmat safariga tayyor bo'lish;

6. Moliya-iqtisod va yuridik soha yo‘nalishlarida oliy ma’lumotli va kamida 3 yil ish tajribasiga ega bo‘lishi,  davlat tili (o‘zbek) va rus tillarini bilishi lozim, ingliz tilini ham bilishi ustunlik beradi.

Lavozim vazifalari: Komplayns nazorat sohasida jamiyat ichki tartib-qoidalariga asosan nazorat olib borish.

Yillik va choraklik hisobotlarini jadvallar ko'rinishida amalga oshirish; Hududlar kesimida o‘rganish ishlari olib borish; E-Antikor.uz elektron platformasiga belgilangan hujjatlarni kiritish; Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida seminarlar tashkillashtirish; Aksiyadorlik jamiyati zimmasiga olingan vazifalarni bajarilishini ta'minlash, nazorat hujjatlarini qabul qilish va viloyatlar bo‘yicha xizmat safarini amalga oshirish va boshqalar; Komputer savodxonligi (mukammal): Microsoft Office dasturlari, E.Xarid.uz,  E-Kontrakt, Didox, ijro EDO.IJRO.UZ dasturlarida ishlashni mukammal bilishi lozim; Tizim korxonalari faoliyatida korrupsiyani keltirib chiqaruvchi xavfni baholash va boshqarish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

♦  Tizim korxonalarida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni aniqlashga, ularning oldini olishga va chek qo‘yishga, oqibatlarini, shuningdek, ushbu jinoyatga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etishga doir chora-tadbirlar ishlab chiqish, amalga oshirilishini ta'minlash;

♦  Xodimlar tomonidan kasbiy odob-axloq qoidalariga qatʼiy rioya etish va xizmat vazifalarini bajarishda har qanday korrupsion holatlar, shu jumladan, manfaatlar to‘qnashuvi haqida xabar berish masalalarini tartibga solish;

♦  Tizim korxonalarida korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish to‘g‘risida amaldagi meʼyoriy hujjatlarning ijrosini monitoring qilish;

♦  korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish davlat dasturlari bo‘yicha jamiyatga yuklatilgan vazifalar bajarilishi ustidan monitoring va nazoratni amalga oshirish;

♦  moliyaviy va boshqa huquqbuzarliklarni aniqlash, oldini olish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatish va tizimli monitoring o‘tkazish;

♦  jamiyat tomonidan amalga oshirilayotgan xaridlar va boshqa faoliyatning qonunchilikka mosligini monitoring qilish;

Boshqa e’lonlar:«Bo‘sh ish o‘rinlari» ruknida

 ❇️  MANZIL: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Osiyo ko‘chasi, 42-uy. Mo‘ljal: Yunusobod tumani hokimiyati.

Murojaat uchun: 71-236-6615.

Onlayn rezyume

kadr_nes@uzbekistonmet.uzinfo@uzbekistonmet.uz

⏺ O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga joylashish;

⏺ Shtatlar jadvaliga muvofiq ish haqi + bonuslar.

 

Facebook  ‖ InstagramYoutube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>