Bugun, 11-iyul kuni elektr energiyasi va tabiiy gazni hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (ASKUE va ASKUG) markazlarida ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalistlar va blogerlar uchun press-tur tashkil etildi.
Unda mazkur markazlar orqali iste’mollarning sutkalik, oylik va yillik elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’moli nazorati yuritilishi hamda ulardan kelib tushayotgan savollar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.
Manba: https://t.me/minenergy_uz/12099
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati