Joriy yilning 21-22-iyun kunlari Bo‘stonliq tumanida davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari rahbarlari uchun navbatdagi Milliy konferensiya va Media-forum bo‘lib o‘tadi.
AOKA tashabbusiga ko‘ra 27-iyun - Matbuot va ommaviy axborot vositalari kuni munosabati bilan har yili tashkil etiladigan mazkur tadbir NKMK bilan hamkorlikda o‘tkazilmoqda.
Tadbirda 130 ziyod matbuot kotiblari ishtirok etmoqda.
AOKA direktori A.Xodjayev Milliy konferensiya ishtirokchilarini kasb bayrami hamda Media-forum ochilishi bilan qutlar ekan, axborot xizmatlari faoliyatini global o‘zgarishlarga muvofiqlashib borishida, islohotlar bilan yonma-yon qadam tashlab borishda bu kabi tadbirlarning ahamiyati yuqoriligini taʼkidladi.
Agentlik direktori, shuningdek, nutqida axborot xizmatlari faoliyatida kuzatilayotgan yutuqlar, shu bilan birga ayrim kamchiliklar haqida ham to‘xtalib, matbuot kotiblarining ishlari doimiy jamoatchilik faollari kuzatuvida-nazoratida ekanligi taʼkidladi.
Milliy konferensiya axborot xizmatlari faoliyatida muhim ahamiyatga ega mavzu va yo‘nalishlardagi panel sessiyalarda davom etadi.
Manba: https://t.me/Rasmiy_xabarlar_Official/44708
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati