Bugun, 3-may — Jahon matbuoti erkinligi kuni. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi tomonidan 1993-yil 3-mayda “Xalqaro matbuot erkinligi kuni” deb eʼlon qilish va shu sanada matbuot erkinligi kunini nishonlash haqida maxsus rezolyutsiya qabul qilingan.
1994-yil 3-maydan buyon har yili ushbu sana dunyo bo‘ylab Jahon matbuoti erkinligi kuni sifatida nishonlanadi.
Shuni alohida eʼtirof etish joizki, Prezident Shavkat Mirziyoyevning ochiqlik siyosati natijasida O‘zbekistonda jurnalistlar emin-erkin faoliyat yuritib, jamiyatdagi yutuqlarni keng yoritish asnosida mavjud muammolar haqida ham baralla yoza olishmoqda. Vatan ravnaqiga munosib hissa qo‘shishmoqda.
‖ Veb-sahifa ‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati