«O‘zbekiston MET» AJ tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-sentabrdagi PQ–3284-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida yuqori kuchlanishli podstansiyalarda olib borilayotgan modernizatsiya ishlarining navbatdagi amaliyoti muvaffaqiyatli yakunlandi.
Tasdiqlangan investitsiya dasturi rejasiga asosan «Namangan magistral elektr tarmoqlari» filiali tasarrufidagi 220/110/10 kVli “Sardor” podstansiyasida shu kunga qadar ekspluatatsiyada foydalanib kelinayotgan, quvvati 125 MVA bo‘lgan AT-3 hamda quvvati 200 MVA bo‘lgan AT-1 avtotransformatorlarining o‘tkazuvchanlik quvvatini oshirish maqsadida, ularning o‘rniga quvvati 250 MVA bo‘lgan 2 ta zamonaviy avtotransformatorlar o‘rnatildi.
Eʼtiboringizga podstansiyaning avvalgi va keyingi holatini aks ettiruvchi suratlarni havola etamiz.
Facebook ‖ Instagram ‖ Youtube
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati