«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ "Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari» filiali shuni maʼlum qiladiki, ayni paytda Nishon tumanida yangi qurilayotgan fotoelektr stansiyasi bilan bog‘liq ishlarni xavfsiz bajarish uchun
2024-yil 30-aprel kuni 22:00 dan 01-may 06:00 gacha
10 kV kuchlanishli Jayron-1 va Jayron-2 hamda 110 kV kuchlanishli Nishon–1 va Nishon–2 tarmoqlari, shuningdek, 110 kV kuchlanishli Farhod-1 va Farhod-2 liniyalari navbatma-navbat vaqtincha tarmoqdan uzib turiladi.
⇒ Eslatib o‘tamiz, 110 kV kuchlanishli Farhod–1 va Farhod–2 elektr uzatish tarmoqlari Nishon–1 va Nishon–2 liniyalarining (otpayka) shaxobchasi orqali taʼminlangan.
⚡️ Isteʼmolchilardan zaruriyat tufayli yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
Facebook ‖ Instagram ‖ Youtube
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati