O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaroriga ko‘ra, Baxram Mamatmuratovich Mansurov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi direktori lavozimidan ozod etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaroriga ko‘ra, Azim Israilovich Axmedxadjayev O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirining birinchi o‘rinbosari — Atom energetikasini rivojlantirish agentligi direktori etib tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaroriga ko‘ra, Baxtiyor Rustamovich Mamatkarimov — O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaroriga ko‘ra, Azizxo‘ja Ochilovich Qobilov — O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi.
Manba: https://t.me/minenergy_uz/11004
https://t.me/minenergy_uz/11005
https://t.me/minenergy_uz/11006
https://t.me/minenergy_uz/11007
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati