⚡️ «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati: “Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda.
«Namangan magistral elektr tarmoqlari» filialida o‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hasharidan fotolavhalar
18-mart kuni davom etgan hasharda:
▶️ “Sardor” podstansiyasida 300 metr/kvadrat hudud begona o‘tlardan tozalandi, 30 tup daraxtlar oqlandi, 100 metr/kvadrat yer maydoni chopib ekin ekish uchun yumshatildi. Podstansiya hududidagi asfalt yo‘llar supirib tozalandi.
▶️ “Obi-hayot” podstansiyasida 100 metr bordyura va 80 tup ko‘chatlar oqlandi, podstansiya hududidagi asfalt yo‘llar supirib tozalandi.
▶️ “Qizil-rovot” podstansiyasida 120 metr/kvadrat devor oqlandi, 10 tup mevali daraxt ko‘chatlari ekildi, podstansiya hududigi asfalt yo‘llar supirib tozalandi.
Facebook ‖ Instagram ‖ Youtube
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati