“O‘zbekiston MET” AJ tasarrufidagi magistral elektr tarmoqlari filiallarida tashkil etilgan va tun-u kun faoliyat yuritadigan navbatchi guruhlar tomonidan yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari hamda podstansiyalarda navbatdan tashqari nazorat ko‘rigi o‘tkazilmoqda.
Xususan, Jizzax viloyatining Baxmal tumani hududidan o‘tuvchi 500 kV kuchlanishli “L-521” elektr uzatish tarmog‘i nazorat ko‘rigidan o‘tkazildi.
Aniqlangan kamchiliklar, sovuq ob-havo sharoiti oqibatlari bartaraf etilmoqda.
Manba: https://t.me/minenergy_uz/10789
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati