Bugun, 2024-yil 4-mart kuni "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyatining boshqaruvi raisi D.A.Isaqulov tomonidan videokonferensaloqa orqali o‘tkaziladigan ishchi tartibdagi yig‘ilish «Energetikaning raqamli transformatsiyasi: optik tolali tarmoqlar va raqamlashtirilgan elektr qurilmalari» mavzusidagi maʼruza bilan yakunlandi.
⚡️ Ilmiy-amaliy mashg‘ulotni texnika fanlari nomzodi Iso Sadullayev olib bordi.
Ishchi majlisdan keyin qisqa vaqt davom etgan ilmiy-amaliy mashg‘ulotda mutaxassis optik tolali tarmoqlar va raqamlashtirilgan elektr qurilmalari, bundan tashqari, ayni paytdagi istiqbolli rejalarga muvofiq 2030-yilgacha O‘zbekistonda raqamlashtirilgan energetika obyektlarining ish faoliyatidan kutilayotgan samaradorlik ko‘rsatkichlari haqida qiziqarli maʼlumotlarni taqdim etdi.
Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati