Bugun, 2024-yil 26-fevral kuni "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi D.A.Isaqulov tomonidan videokonferensaloqa orqali o‘tkaziladigan ishchi tartibdagi yig‘ilish "Raqamli texnologiyalarning energetika sohasiga tatbiq etilishi" mavzusidagi maʼruza bilan boshlandi.
⚡️ Ilmiy-amaliy mashg‘ulotni texnika fanlari nomzodi Iso Sadullayev olib bordi.
Ishchi majlisdan oldin qisqa vaqt davom etgan ilmiy-amaliy mashg‘ulotda mutaxassis to‘liq raqamlashtirilgan va qisman raqamlashtirilgan energetika obyektlarining farqi va ish prinsiplari, bundan tashqari, ayni paytdagi istiqbolli rejalarga muvofiq 2030-yilgacha O‘zbekistonda raqamlashtirilgan energetika obyektlarining ish faoliyatidan kutilayotgan samaradorlik ko‘rsatkichlari haqida qiziqarli maʼlumotlarni taqdim etdi.
Facebook ‖ Instagram ‖ Youtube
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati