Avval xabar berganimizdek, ayni paytda magistral elektr tarmoqlari navbatchi brigadalari L-A-F liniyasining qulagan 99- va 100-tayanch ustunlari o‘rniga yangi temir-beton tayanch ustunlari o‘rnatib, elektr tarmog‘i simini tortish ishlarini davom ettirishmoqda.
⚡️ Eslatib o‘tamiz, mazkur liniya ikkita yuqori kuchlanishli podstansiyalar oralig‘iga qurilgan bo‘lib, Toshkent shahri va Toshkent viloyati elektr ta'minoti tizimi ishonchliligini oshirishga xizmat qiladi va iste'molchilar tarmog‘i bilan bog‘lanmagan.
⇒ Ma'lumot o‘rnida: mamlakatimizning boshqa hududlaridagi yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari belgilangan tartibda navbatdan tashqari nazorat ko‘rigidan o‘tkazilmoqda.
✅ Ta'mirlash-sozlash ishlari muvaffaqiyatli yakunlandi
Bugun, 2024-yil 18-fevral kuni tonggi soatlarda magistral elektr tarmoqlari navbatchi brigadalari L-A-F liniyasining qulagan 99- va 100-tayanch ustunlari o‘rniga yangi temir-beton tayanch ustunlari o‘rnatilib, sim tortilib, elektr tarmog‘i kuchlanish ostiga qo‘yildi.
⚡️ Bir so‘z bilan aytganda, "Adolat" va "Fayziobod" podstansiyalari ish faoliyatining ishonchliligini ta'minlovchi liniyadagi nosozlikni bartaraf etish uchun olib borilgan qurilish-montaj ishlari muvaffaqiyatli yakunlandi.
Facebook ‖ Instagram ‖ Youtube
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati