Xususan, Jizzax shahridagi “L.Sh.L.” MChJ mansabdor shaxslari jamiyatga qarashli qog‘ozni qayta ishlash sexida tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan noqonuniy ulanib, tijorat maqsadida ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanib kelib, 1,1 mln metr kub 857,2 mln. so‘mlik tabiiy gazni o‘g‘irlagani aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan “L.Sh.L.” MChJ mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “d” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlandi.
Hurmatli tadbirkorlar!
Faoliyatingiz davomida energiya resurslaridan qonuniy tartibda va oqilona foydalaning.
Huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari tomonidan tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlarini fosh etishga qaratilgan kuchaytirilgan reyd tadbirlari davom etmoqda.
Shuni unutmangki, energoresurslardan qonunga xilof ravishda foydalanish holatlari fosh etiladi va jazo muqarrarligi ta'minlanadi.
Bosh prokuraturaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a'zo bo‘ling!
Telegram | Instagram | YouTube | Veb-sayt
Manba: https://t.me/uzbprokuratura/35861
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati