«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati «Andijon magistral elektr tarmoqlari» filiali Shahrixon tumanida joylashgan 220 kV kuchlanishli «Saroy» podstansiyasiga quyidagi bo‘sh ish o‘rniga suhbat orqali ishga taklif etadi:
▶️ Rele himoyasi va elektr sinov xizmatiga, tarmoq korxonalarining elektr avtomatikasini releli himoyalash xizmatlari muhandisi, 1 nafar.
❗️ Ishga kirish yuzasidan murojaat qiladigan nomzodlarga qo‘yiladigan talablar quyidagicha: oliy ma’lumotli, yagona elektr energetikasi tizimi korxonalarida ish tajribasiga ega bo‘lgan, o‘z vazifa va majburiyatlariga mas’uliyat bilan yondashadigan mutaxassis bo‘lishi shart.
✔️ Ish haqi miqdori shtat birligiga asosan (qo‘shimcha ustamalar va mukofot pullari ham nazarda tutilgan).
Murojaat uchun telefon: +998-74-224-49-91; +99874-228-40-59.
Manzil: Andijon shahri, Gidroelektrstansiya ko‘chasi, 1-uy.
Mo‘ljal: “Akmal-farm” ishlab chiqarish bazasi.
Mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga ishga kirmoqchi bo‘lgan fuqarolarga tavsiyalar.
Facebook ‖ Instagram ‖ Youtube
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati