Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda "O‘zenergoinspeksiya" axborot xizmati rahbari Navro‘z Norboboev ma'lum qildi:
✅ 767 mln metr kub tabiiy gaz (748 mlrd 600 mln so‘m) va 335 mln kilovatt-soat elektr energiyasi (251 mlrd 900 mln so‘m) talon-toroj qilingan. Buning natijasida davlat manfaatlariga jami 1 trln 500 mln so‘m zarar yetkazilganligi ma'lum bo‘ldi.
✅ Inspeksiya tomonidan iste'molchilarga davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha jami 10 ming 369 ga yaqin ob'ektlarning elektr ta'minoti loyihalari ekspertizadan o‘tkazilib, 7 ming 364 ta iste'molchining elektr qurilmalari elektr tarmoqlariga ulanishiga ruxsat berildi.
✅ Hududiy elektr tarmoqlari korxonalariga tegishli 3 ming 47 ta obyektning elektr ta'minoti loyihalari kelishildi.
✅ “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida elektr tarmoq xo‘jaligi ob'ektlarining muhofaza zonalarida noqonuniy qurilgan 9 ming 57 ta obyekt aniqladi.
⇒ Batafsil
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Меdiabank
Маnbа: https://t.me/Rasmiy_xabarlar_Official/40711
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati