BO‘SH ISH O‘RNI:
“ENERGO-IT” filiali iqtisodiyot va mehnatni tashkil etish guruhi iqtisodchi lavozimi
TALABLAR:
1. Ma’lumoti: Oliy iqtisodiy;
2. Ish tajribasi va staji: 3 yil;
3. Tillarni bilishi: O‘zbek va rus tillarni mukammal bilishi.
4. Qo‘yidagi bilimga ega bo‘lish zarur:
• qonunchilik va normativ-huquqiy hujjatlar, korxona faoliyatini uslubiy rejalashtirish, hisobga olish va tahlil qilish bo‘yicha materiallar;
rejalashtirish ishlarni tashkil etish;
korxonaning iqtisodiy-moliyaviy va ishlab chiqarish faoliyatini uzoq muddatli va yillik rejalarni ishlab chiqish tartibi;
• biznes-rejalarni ishlab chiqish tartibi;
rejalashtirish va buxgalteriya hujjatlari;
• mehnat va moliyaviy standartlarni ishlab chiqish tartibi;
operativ va statistik hisobni tashkil etish;
hisobot berish tartibi va muddatlari;
• korxona va uning bo‘linmalarining iqtisodiy tahlil va samaradorlik ko‘rsatkichlarini hisobga olish usullari;
• bozorni boshqarish usullari;
• ishlab chiqarish texnologiyasi asoslari;
• hisoblash ishlarini bajarish usullari va vositalari;
• shartnomalar tuzish uchun hujjatlarni tayyorlash qoidalari;
• iqtisodiy samaradorlikni aniqlash usullari;
iqtisodiyot, ishlab chiqarish, mehnat va boshqaruvni tashkil etish;
mehnat qonunchiligi;
mehnatni muhofaza qilish qoidalari va normalari.
Komputer savodxonligi: Microsoft office dasturlarida (Word, Excel, Power Point. Visio) hamda 1C dasturiy ta’minotida ishlashni mukammal bilish lozim.
MANZIL: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Osiyo ko‘chasi, 42-uy.
Mo‘ljal: Yunusobod tumani hokimiyati.
Murojaat uchun: 71-236-66-65.
Elektron pochta: energoit@uzbekistonmet.uz
YARATILGAN SHAROITLAR:
• O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksiga binoan ish tartibi belgilangan, mehnat muhofazasi kafolatlanadi;
• Shahar markazida joylashgan shinam ofis xonalari, lavozim yo‘riqnomasida belgilangan sharoit va qulayliklar;
• Ish haqi miqdori shtat birligiga asosan (qo‘shimcha ustamalar va mukofot pullari).
«O‘zbekiston MЭT» AJ Axborot xizmati