O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yong‘inlar profilaktikasi samaradorligini oshirish va yong‘in xavfsizligi sohasida davlat nazoratini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 4-avgustdagi 332-son qaroriga muvofiq joriy yil 1-sentabrdan boshlab respublikada “Yong‘indan ogohlik” umummilliy kampaniyasiga start berildi.
Ushbu tadbir doirasida jamoatchilikni yong‘inlarning oldini olish ishlariga keng jalb etish maqsadida “O‘zbekiston MET” AJ tasarrufidagi barcha magistral elektr tarmoqlari filiallari devoriy targ‘ibot-tashviqot e’lonlarida quyidagi mazmunga ega xabarlarni joylashtirish hamda barcha ishchi-xodimlariga ushbu tadbirda faol ishtirok etishi bo‘yicha chaqiruv e’lon qilish tashkil etilsin!
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
https://t.me/uzmetaxborotxizmati
Eʼtiboringizga namuna sifatida "Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari" filiali tomonidan tayyorlangan "Yong‘in xavfsizligi" burchagi suratlarini taqdim etamiz: