Yangiliklar
500 kV kuchlanishli L-557 hamda L-550-sonli elektr uzatish tarmoqlari elektr energetika umumtizimiga ulandi
  • 27.07.2023
  • 277

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-avgustdagi 4799-sonli hamda 2022-yil 30-dekabrdagi 464-sonli qarorlariga asosan davlat–xususiy sheriklik tamoyili asosida Sirdaryo viloyati Shirin shahrida quvvati 1500 MVt bo‘lgan “Acwa Power Sirdarya” MCHJ tomonidan yangi issiqlik stansiyasining qurilish ishlari birinchi bosqich ishlari yakunlanmoqda.

Kecha, 2023-yil 26-iyul kuni 220/500 kV kuchlanishli "Acwa Sirdaryo" podstansiyasiga kuchlanish berilib, bugun 500 kV kuchlanishli L-557 hamda L-550-sonli elektr uzatish tarmoqlari O‘zbekiston elektr energetika umumtizimiga ulandi. Mazkur texnik-muhandislik amaliyotlari olib borilayotganda "O‘zbekiston MET" AJ boshqaruvi raisi D.A.Isaqulov hamda boshqa mutaxassislar ishtirok etishdi.

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

>