Bo‘sh ish o‘rni: “Energo-IT” filiali bosh muhandisi lavozimi.
TALABLAR:
• Maʼlumoti: Oliy texnik;
• Ish tajribasi: Tegishli elektr energetika tarmoq korxonalarida rahbarlik lavozimida kamida 5 yillik stajiga va xavfsizlik V guruhiga ega bo‘lishi;
• Tillarni bilishi: O‘zbek va rus tillarni bilishi;
• Qo‘shimcha talablar:
Dispetcherlik texnologik boshqaruv vositalari haqida chuqur bilimga ega bo‘lishi zarur.
Shu jumladan:
♦ Yuqori chastotali telekommunikatsiya kanallarini va telemexanika kanallarini ikkilamchi zichlantirishini tashkil etish;
♦ Mis aloqa kabellaridan foydalanish, qo‘llaniladigan zichlantirish tizimlari, kabel parametrlari, o‘lchash usullari;
♦ Energetika sohasida optik tolali kabellardan foydalanish (ОКГТ, ВОК), VOLS zichlantirish tizimlarini qo‘llanilishi, VOLSni o‘lchash usullari;
♦ Amaldagi telemexanika tizimlari va yangi kiritilayetgan telemexanika tizimlarining qurish usullari va energetika obyektlaridan uzatilayotgan TM signallarini MDXga taqdim etish. Energotizimda qo‘llaniladigan TM protokollarining turlarini bilish;
♦ Radiorele va radioaloqalarni tashkil etish usullari;
♦ Energetika obyektlarida dispetcherlik-texnologik va maʼmuriy aloqani tashkil etish usullari (raqamli УПАТС, ЭДТС, АДАСЭ, КДНЭ);
♦ DTBV ning kafolatlangan elektr taʼminoti tizimlari.
• Kompyuter savodxonligi (mukammal): Microsoft office, Excel, dasturlarida ishlashni mukammal bilish lozim.
⇒ «Bo‘sh ish o‘rinlari» rukni: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/category/25
⇒ Onlayn rezyume: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/appeal/resume
❇ MANZIL: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Osiyo ko‘chasi, 42-uy. Mo‘ljal: Yunusobod tumani hokimiyati.
Murojaat uchun: 71-236-6615.
Elektron pochta: kadr_nes@uzbekistonmet.uz info@uzbekistonmet.uz
YARATILGAN SHAROITLAR:
• O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksiga binoan ish tartibi belgilangan, mehnat muhofazasi kafolatlanadi;
• Shahar markazida joylashgan shinam ofis xonalari, lavozim yo‘riqnomasida belgilangan sharoit va qulayliklar;
• Ish haqi miqdori shtat birligiga asosan (qo‘shimcha ustamalar va mukofot pullari).
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati