“Jahon banki ishtirokida magistral elektr tarmoqlari podstansiyalarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish” investitsiya loyihasi doirasida 2022-yilning 25-noyabr kunida e'lon qilingan MUTS/ICB/2016-15-sonli tender yakunlari bo‘yicha tenderda g‘olib deb topilgan Xitoy Xalq Respublikasining "Shandong Electrical Engineering & Equipment Group Co., Ltd" kompaniyasi bilan avtotransformator va kuch transformatorlarini yetkazib berish bo‘yicha qiymati 6.2 mln AQSh dollari bo‘lgan shartnoma imzolandi.
Shartnomada "Sardor" podstansiyasi uchun 2 jamlanma 250 MVA avtotransformatorlar, "Qo‘yliq" podstansiyasi uchun 2 jamlanma 80 MVA kuch transformatorlari, "Yuksak" podstansiyasi uchun 2 jamlanma 40 MVA kuchlanishni rostlovchi transformatorlar va boshqa podstansiyalar uchun 24 jamlanma o‘z ehtiyoj transformatorlari ko‘zda tutilgan.
✍️ "Jahon banki" loyihani amalga oshirish guruhi
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati