Hurmatli iste’molchilar!
“Andijon magistral elektr tarmoqlari” filiali tarkibidagi 220 kVli “Xakan” podstansiyasida mavjud T-2 kuch transformatorida ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan, ushbu podstansiya orqali elektr energiyasi bilan ta’minlanuvchi: Marxamat, Shahrixon, Bo’ston, Baliqchi, Asaka, Ulug’nor, Andijon tumanlaridagi yuridik va aholi iste’molchilarining elektr ta'minotida bugun, 11-fevral kuni soat 10:30 dan 13:00 ga qadar vaqtincha uzilishlar kuzatilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, ta'mirlash ishlari olib borilayotganda xavfsiz ish sharoitini yaratish maqsadida tarmoqdan uzilgan liniyalar yuklamasi boshqa elektr uzatish tarmoqlariga o‘tkazilib, iste’molchilar elektr ta'minotida uzilishlar oldini olish choralari ko‘riladi.
Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.
“Andijon magistral elektr tarmoqlari” filiali tarkibidagi 220 kVli “Xakan” podstansiyasida mavjud T-2 kuch transformatorida ta’mirlash ishlari 12:30 qadar yakunlandi.
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati