Bugun, 2022-yil 22-dekabr kuni “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining katta majlislar zalida norasmiy sana — Energetiklar kuni munosabati bilan e'tirofga sazovor bo‘lgan hamkasblarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Marosimni Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi D.A.Isaqulov ochib berib, barcha hamkasblarni, ayni paytda o‘z xizmat vazifasida bajarayotgan elektr chilangarlari-yu navbatchi brigada a’zolarini, dispetcher, avtotransport va mexanizmlar yo‘nalishidagi xodimlarni, qurilish-montaj, loyihalashtirish, ma’muriy-boshqaruv vazifalarnini ijro etayotgan hamkasblarni bugungi sana bilan tabrikladi.
Bayram tadbiri davomida “MDHda xizmat ko‘rsatgan energetik” faxriy unvoni hamda MDH Elektroenergetika kengashining faxriy yorlig‘i, shuningdek, “Energetika faxriysi” unvonini tantanali ravishda topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston energetika xodimlari kasaba uyushmasi respublika Kengashining 2020-yil 3-fevraldagi “Energetika faxriysi” unvonini berish to‘g‘risidagi Nizomiga asosan O‘zbekiston Respublikasi elektr energetikasini rivojlantirish va xalq xo‘jaligini elektrlashtirishdagi ko‘p yillik va halol mehnatlari uchun “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining bir qator xodimlari “Energetika faxriysi” unvoni bilan taqdirlandi.
E’tiboringizga “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi D.A.Isaqulovning tadbir marosimidagi nutqini havola etamiz.
ASSALOMU ALAYKUM!
Hurmatli “O‘zbekiston MET” AJ jamoasi a’zolari, aziz hamkasblar!
Sizlarni 22-dekabr, norasmiy bo‘lsa-da sohada keng nishonlanadigan bayram — «Energetiklar kuni» munosabati bilan o‘z nomimdan qizg‘in muborakbod etaman!
Barchangizga ma’lumki, kechagina Muhtaram Prezidentimiz tomonidan Oliy Majlis hamda yurtimiz ahliga Murojaatnomasi e'lon qilindi. Unda bildirilgan asosiy masalalar qatorida bizning sohamiz oldida turgan ustuvor vazifalarga ham keng to‘xtab o‘tildi. Zero, biz faoliyat olib borayotgan energetika sohasi yurt ravnaqi, mamlakatimiz iqtisodiyoti uchun eng muhim yo‘nalishlardan biri ekanligi e'tirof etildi. Bu esa, o‘z o‘rnida, barchamizning fidokorona faoliyat tashkil etishimizni, bir so‘z bilan aytganda, vatanparvarlik ruhida ishlashimizni taqozo qiladi.
Aslini olganda, bir butun soha rivoji bir yoki bir nechta kishining faoliyati bilan ta'minlanmaydi. Bu o‘rinda katta bir jamoaning, keng soha mutaxassislarining jonbozlik bilan olib borayotgan faoliyati o‘z samarasini ko‘rsatadi. Shu ma'noda aytishim mumkinki, tizimdagi barcha-barcha Siz — soha vakillari bo‘lgan har biringizning munosib hissangiz mavjud, deb bilaman!
Yurtimiz barcha sohalarda kundan-kunga ravnaq topib, katta rivojlanish yo‘lidan bormoqda. Bu, albatta, mamlakatimiz tanlagan yo‘lining nihoyatda to‘g‘riligi, u mustahkam asosga ega ekanligidadir. Alohida aytib o‘tish kerak, bugungi rivojlanishga Siz kabi tajribali va jonkuyar insonlar tomonidan munosib hissa qo‘shib kelinmoqda.
Ushbu munosabat bilan, shu kunlarda O‘zbekiston Respublikasi elektr energetikasini rivojlantirish va xalq xo‘jaligini elektrlashtirishdagi ko‘p yillik va halol mehnatlari uchun “MDHda xizmat ko‘rsatgan energetik” faxriy unvoni va MDH Elektroenergetika kengashining faxriy yorlig‘i bilan mukofotlash uchun sohamizdan nomzodlar ro‘yxati e'lon qilindi. Quvonarlisi, mazkur ro‘yxatda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati jamoasi a'zolaridan vakillar ham bor.
Jumladan, MDHda xizmat ko‘rsatgan energetik faxriy unvoniga “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisi o‘rinbosari Qurbonov Feruz Mustafoyevich, Energetika vazirligi tasarrufidagi “Milliy dispetcherlik markazi” davlat unitar korxonasi katta dispetcheri Mamajonov Alijon Ahmedovich, “Xorazm magistral elektr tarmoqlari” filiali yuqori kuchlanishli texnik xizmati elektrmontyori Ro‘zimov Ataxon Quronboyevich munosib ko‘rilgan.
Shuningdek, MDH elektroenergetika kengashining faxriy yorlig‘iga “Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali direktori Ibragimov Ravshan Usmanovich hamda “Jizzax magistral elektr tarmoqlari” filiali rele himoyasi va elektr sinash xizmati yetakchi muhandisi Jaxfarov Yaxyoxon Sharifovich munosib deb topilgan.
Bundan tashqari, ko‘p yillik samarali va halol mehnatlari uchun bir guruh ishchi-xodimlarimizga “Energetika faxriysi” unvoni berildi:
G‘aznachilik boshqarmasi |
||
1 |
Samatova Zumrad Taxirovna |
Yetakchi iqtisodchi |
“Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari” filiali |
||
2 |
Komilov Mirali Mirvosidovich |
Bosh muhandis |
“Toshkent magistral elektr tarmoqlari” filiali |
||
3 |
Ivanisov Grigoriy Grigoryevich |
ISTT va Q montajchisi |
“Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali |
||
4 |
Inambaev Abdumannop Egamberdiyevich |
OKS yetakchi muhandisi |
“Surxondaryo magistral elektr tarmoqlari” filiali |
||
5 |
Jo‘raev Erkin Xolliyevich |
Yetakchi muhandis |
6 |
Xakimov Baxtiyor Tashbayevich |
RX va EA xizmati boshlig‘i |
“Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari” filiali |
||
7 |
Gadaeva Nargiza Pulatovna |
Yetakchi muhandis |
8 |
Mamanazarov Jasurbek Mamanazar o‘g‘li |
Kapital kurilish bo‘lim boshlig‘i |
“Samarqand magistral elektr tarmoqlari” filiali |
||
9 |
Utyapov Damir Xakimovich |
RX va EA xizmati boshlig‘i |
“ENERGO-IT” filiali |
||
10 |
Saidova Nodira Xikmatovna |
1-toifali muhandis |
11 |
Xodjaeva Zulfiya Muxammedovna |
Yetakchi iqtisodchi |
“Jizzax magistral elektr tarmoqlari” filiali |
||
12 |
Jaxfarov Yaxyoxon Sharifovich |
RX va EAX yetakchi muhandisi |
“Buxoro magistral elektr tarmoqlari” filiali |
||
12 |
Raxmatullayeva Gulnora Istamovna |
Liniyalar xizmati elektromontyori |
13 |
Ro‘ziyev Hamdam Kurbanovich |
500 kVli“Korako‘l” podstansiyasi elektrochilangari |
“Xorazm magistral elektr tarmoqlari” filiali |
||
14 |
Yuldashev Axmedjan Raimbayevich |
Navbatchi muhandis |
15 |
Radjapov Ravshonbek Salayevich |
Qorovul |
16 |
Kalandarova Roza Polatovna |
XIG ishchisi |
17 |
Kurbanov Po‘lat Ilxamovich |
Direktor o‘rinbosari |
“Andijon magistral elektr tarmoqlari” filiali |
||
18 |
Xamdamov Umidjon Nishonovich |
RX va EA xizmati boshlig‘i |
“O‘zenergoinjiniring” |
||
19 |
Sultonov Ravshanbek Shaxobiddinovich |
Bosh mutaxassis |
20 |
Raxova Olga Borisovna |
Bosh mutaxassis |
“Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari” filiali |
||
21 |
Mamanazarov Jasurbek Mamanazar o‘g‘li |
Kapital qurilish bo‘limi boshlig‘i |
22 |
Xujamov Ulug‘bek Xudoyberdiyevich |
Sinash bo‘yicha ishlab chiqarish laboratoriyasi elektrmontyori |
Shu munosabat bilan fidokorona mehnatlari e'tirof qilingan barcha sohadoshlarimizga unvonlar muborak bo‘lsin, deb qolamiz. Amalga oshirayotgan ezgu amallaringiz va fidoiy mehnatingiz bardavom bo‘lsin!
Qolaversa, yaqinlashib kelayotgan yangi — 2023-yil barchangizga muborak bo‘lsin, azizlar! Sizni va siz orqali oila a'zolaringizni ushbu qutlug‘ ayyom bilan muborakbod etaman! Barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy xotirjamlik tilayman!
Yurtimiz energetika sohasi ravnaqi, xalqimiz baxtu saodati, ona Vatanimizning tinchligi va osoyishtaligi yo‘lidagi xayrli ishlaringizga yaratganning o‘zi madadkor bo‘lsin!
Biz aminmizki, Sizning haqiqiy vatanparvarligingiz davlatimiz xizmatidagi ko‘p yillik ilmiy tajribangiz Sizga sharafli vazifangizni bajarishda hamrohlik qilib, yo‘lingizni yoritib nurafshon aylab turadi!
Yangi yilda barcha ezgu niyatlaringiz amalga oshishini, ko‘tarinki va bayramona kayfiyat hamisha hamroh bo‘lishini tilayman!
Hurmat bilan,
D. A. Isaqulov, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati