OAV vakillari hamda blogerlarni yuqori kuchlanishli podstansiyalarda amalga oshirilgan modernizatsiya-rekonstruksiya ishlari bilan tanishtirish uchun mediatadbirga taklif etamiz.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori tomonidan imzolangan Media-rejaning tegishli bandlariga muvofiq, ommaviy axborot vositalari vakillari hamda blogerlarni yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalarida olib borilayotgan modernizatsiya-rekonstruksiya, qurilish-montaj ishlari bilan «Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari» filialida amalga oshirilgan ishlar misolida yaqindan tanishtirish maqsadida, 2022-yil 22-noyabr sanasida, 220 kV kuchlanishli “Ozodlik” podstansiyasida o‘tkaziladigan Press-tur hamda Aksiyadorlik jamiyati faoliyatining 2022-yil III chorak yakunlariga bag‘ishlangan Matbuot anjumaniga taklif etamiz.
Tadbir vaqti: 2022-yil 22-noyabr sanasi, soat 10:00.
Tadbir manzili: Toshkent shahri, Uchtepa tumani, Uchtut ko‘chasi, 7-A uy.
Mo‘ljal: “Kichik halqa yo‘li”dagi meva sotish yarmarkasi.
Mas’ul: Matbuot kotibi, bog‘lanish uchun +998 (55) 500-5545; 71-236-6035.
‖ Veb-sahifa ‖ Telegram ‖ Facebook ‖ Instagram ‖ Twitter ‖ Odnoklassniki.ru ‖ Utube ‖ Youtube
✍️ «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati