⚡️ Ma'lumki, "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ xodimlari odob-axloqining yagona prinsiplari va qoidalarini belgilash, ularni o‘z kasbiy majburiyatlariga rioya etishini ta'minlash, manfaatlar to‘qnashuvi va korrupsiya holatlarini oldini olish hamda xizmat vazifalarini vijdonan va lozim darajada ta'minlashga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Shu maqsadida, Aksiyadorlik jamiyatining 2022-yil 25-oktabrdagi 242-sonli buyrug‘i hamda “Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari” filialining 2022-yil 25-oktyabrdagi KSh-173-sonli buyrug‘i ijrosini ta'minlash uchun Filial xodimlari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.
Davra suhbati davomida asosan uzbekistonmet.uz veb-saytining “Normativ hujjatlar” ruknida e'lon qilingan ichki lokal hujjatlar tanishtirilib, atroflicha muhokama etildi.
‖ Veb-sahifa ‖ Telegram ‖ Facebook ‖ Instagram ‖ Twitter ‖ Utube ‖ Youtube‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati