O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-sentabrdagi PQ–3284-sonli «Jahon banki ishtirokida «Magistral tarmoqlarning podstansiyalarini zamonaviylashtirish va qayta qurish» investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorning ijrosi ta'minlanmoqda.
Misol uchun, «Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari» filialining 220 kV kuchlanishli «Sokin» podstansiyasini qo‘shni Qirg‘iziston energetikasi bilan bog‘lab turuvchi, ishchi texnik-muhandislik nomi U-220 L-Alay-chap bo‘lgan yacheykaning navbatdagi o‘chirgich tasdiqlangan dasturga muvofiq LTB-245E1-1P-50kA rusumli elegazli o‘chirgichga almashtirildi.
Fotosuratlarda yuqorida qayd etilgan qurilish-montaj ishlari aks etgan bo‘lib, "4-sonli montaj boshqarmasi" AJ korxonasi hamda 220/110/10 kV li "Sokin" podstansiyasi xodimlari bilan birgalikda demontaj-montaj qilayotgani suratga olingan.
✍️ «Farg‘ona MET» filiali Podstansiyalar xizmati
Axborot xizmati