Ma’lumki, kuz oyida ham yurtimizda obodonlashitish ishlari keng ko‘lamda olib boriladi. «Yashil makon» umummilly loyihasi bo‘yicha boshlangan ishlar elektr energetika tarmoq korxonalarida ham qizg‘in davom etmoqda.
Misol uchun, «Toshkent shahar magistal elektr tarmoqlari» filiali xodimlari ham modernizatsiya dasturiga muvofiq qurilish-montaj ishlari bajarilgan podstansiyalarda obodonlashtirish ishlarini amalga oshirildi. O‘tkazilgan hashar tadbiri orqali elektr obyektlarini xazon va barglardan tozalash, хo‘jalik maydonlarining estetik holatini yaxshilash, yo‘lak beton to‘siqlarini bo‘yash, daraxtlar ostini yumshatib novdasini ohaklash, sug’orish, shu bilan birga, yangi daraxt va gul ko‘chatlari ekish ishlari bajarildi.
Batafsil: https://t.me/toshkentshaharMET
‖ Veb-sahifa ‖ Telegram ‖ Facebook ‖ Instagram ‖ Twitter ‖ Utube ‖ Youtube‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati