Taqqoslash orqali tahlil etish uchun yuqori kuchlanishli podstansiyalarda 2012–2022-yillarda oralig‘ida yaratilgan o‘tkazuvchanlik quvvati dinamikasini shartli 2 davrga bo‘lamiz.
Demak, BIRINCHI DAVR — 2012–2016-yillarda 220–500 kV kuchlanishli podstansiyalarda olib borilgan modernizatsiya-rekonstruksiya ishlari natijasida atigi 650 MVA (megavolt•amper) o‘tkazuvchanlik quvvati yaratilgan bo‘lsa, IKKINCHI DAVR — 2017–2022-yillarda 220–500 kV kuchlanishli podstansiyalarda olib borilgan modernizatsiya-rekonstruksiya ishlari natijasida 5605 MVA (megavolt•amper) o‘tkazuvchanlik quvvati yaratilgan.
⚡️Xulosa shuki, elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojning yildan-yilga oshib borishi, ya'ni aholi sonining oshishi, turmush darajasi yuksalishi, mamlakatimizda tadbirkorlik sektori — o‘rta va kichik biznes hamda o‘rta va yirik sanoat korxonalari soni jadal sur'atlarda ortib borayotganiga muvolfiq tarzda energetika sohasi ham isloh etib borilmoqda.
Elektr ta'minoti tizimining barqaror faoliyati — mamlakatimizda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha olib borilayotgan islohotlarning tayanchi hisoblanadi.
❗️«O‘ZBEKISTON MILLIY ELEKTR TARMOQLARI» AKSIYADORLIK JAMIYATINING ELEKTRON MANZILLARINI KUZATIB BORING!
Veb-sahifa: uzbekistonmet.uz
Telegram: https://t.me/uzmetaxborotxizmati
Twitter: https://twitter.com/uzbekistonmet
Instagram: https://www.instagram.com/uzbekistonmet.uz
Elektron pochta: info@uzbekistonmet.uz
E-xat: uzbekiston_met@exat.uz
☎️ «O‘zbekiston MET» AJ faoliyatida korrupsiya holatlari aniqlanganda bog‘lanish uchun maxsus raqam: +998-71-208-5649
✍️ «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati