“Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali tassarufidagi “Sardor”, “Obi-hayot” va “Qizilravot” podstansiyalarining operativ xodimlari hamda Sharqiy mintaqaviy dispetcherlik boshqarmasi xodimlari ishtirokida avariya va yong‘inga qarshi o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
220/110/10 kV kuchlanishli “Sardor” podstansiyasida o‘tkazilgan tadbirda Sharqiy mintaqaviy dispetcherlik boshqarmasi boshlig‘i A.Imomov, katta dispetcher N.Ahmedovlar ishtirok etishdi.
⚡️ Sharqiy mintaqaviy dispetcherlik boshqarmasi xodimlariga Filial podstansiyalarining operativ xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, xavfsiz va samarali ish jarayonini yaratish uchun zarur bo‘lgan tavsiyalarni tinglashdi.
Amaliy mashg‘ulotlar davomida operativ xodimlarining bilim-tajribasi sinovdan o‘tkazilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.
✍️ B.Negmatullaev, Podstansiyalar xizmati boshlig‘i
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati