O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasining rasmiy murojaatiga ko‘ra, Toshkent shahar "Oqila ayollar" harakati, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi, Yoshlar ishlari agentligi, Ma'naviyat va ma'rifat markazi hamda bir qator jamoat tashkilotlari tashabbusiga binoan 2022-yil 28–29-sentabr kunlari “Xonatlas–2022” festivali o‘tkazilmoqda.
Festival doirasidagi tadbirlarda «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati xotin-qizlari ham faol ishtirok etmoqda.
Bugun Aksiyadorlik jamiyatiga Markaziy apparat hamda "Energo–IT" filialida mehnat faoliyati yuritayotgan ayollar milliy liboslarda tashrif buyurishdi.
E'tiboringizga uzbekistonmet.uz veb-saytining fotojamlanmalar ruknidan o‘rin olgan ayrim suratlarni havola etamiz.
✍️ Feruza Xadjimuratova, "O‘zbekiston MET" AJ Ijro intizomi nazorati bo‘lim boshlig‘i, Xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti rahbari
‖ Veb-sahifa ‖ Facebook ‖ Instagram ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati