20.08.2022
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni
Mamlakatimizda tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, davlat-xususiy sherikchilik munosabatlarini keng joriy etish borasida yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, respublikamizning iqtisodiy qudrati va eksport salohiyatini oshirishga katta hissa qo‘shib kelayotgani, o‘zining tashabbuskorligi, bilim va tajribasini yaqqol namoyon etib, sohaga investitsiyalarni jalb qilish, loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi farovonligini yuksaltirish yo‘lida alohida ibrat va namuna ko‘rsatayotgani, shuningdek, jamiyatda o‘zaro ko‘mak, saxovat va mehr-oqibatni kuchaytirishga qaratilgan ezgu ishlardagi faol ishtiroki uchun quyidagilar mukofotlansin: