Avval xabar berganimizdek, “Namangan magistral elektr tarmoqlari» filiali tarkibidagi 220/110/10 kVli “Qizilravot” podstansiyasida “To‘raqo‘rg‘on IES” AJ mablag‘lari hisobidan modernizatsiya hamda rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda.
⚡️ Filial jamoasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar: o‘z tasarrufidagi elektr qurilmalarini barqaror, betalafot ishlashini ta'minlash; xodimlar tomonidan mehnat xavfsizligi va xavfsizlik texnikasi talablariga to‘la rioya etilishiga hamda pirovard natijada ishlab chiqarishda hyech qanday favqulodda va baxtsiz holatlarga yo‘l qo‘ymaslikka erishish; viloyat iqtisodiyot tarmoqlari va aholi iste'molchilariga talab etilayotgan miqdordagi sifatli elektr energiyasini yetkazib berish; pirovard natijada Namangan viloyati, qolaversa, Vatanimiz iqtisodiyotini yanada rivojlanishiga munosib hissa qo‘shish uchun barcha kuch va resurslar safarbar etilgan.
Filial tomonidan amalga oshirilgan ishlar sarhisobi:
✔️ 2 x 125 MVA avtotransformatorlar 2 x 200 MVAli zamonaviy avtotransformatorlarga almashtirildi. 4 ta 220 kVli yangi zamonaviy elegaz o‘chirgichlari va 4 ta 220 kVli jismonan eskirgan moyli o‘chirgichlarni zamonaviy elegaz o‘chirgichlarga hamda 4 dona 110 kVli moyli o‘chirgichlarni almashtirish ishlari to‘liq bajarildi.
✔️ 110 va 220 kV kuchlanishli ochiq taqsimlash qurilmalariga (OTQ-110 va OTQ-220 kV) kirish va chiqish yo‘laklarini asfaltlash ishlari bajarildi.
✔️ Pop–Namangan–Andijon temir yo‘llari uchun yangi 2 dona 110 kVli yacheyka qurib ishga tushirildi.
✔️ 220/110/10 kV “Qizilravot” podstansiyasida qo‘shimcha 150 MVA quvvatni o‘tkazish imkoniyati yaratiladi.
✔️ Pudratchi quruvchi tashkilot tomonidan 2 ta 100 metr/kub sig‘imga ega yong‘inga qarshi suv hovuzi ta'mirlandi va 1 ta 200 metr/kub sig‘imga ega yangi suv hovuzi qurib foydalanishga topshirildi.
✔️ Avtomatik o‘t o‘chirish nasos binosi rekonstruksiya qilindi.
✍️ “Namangan magistral elektr tarmoqlari» filiali Yoshlar Ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti a'zolari
‖ Veb-sahifa ‖ Telegram ‖ Facebook ‖ Instagram ‖ Twitter ‖ Utube ‖ Youtube‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati