Bugun 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni. 72 yildan buyon yozning ilk kuni bolajonlarning sevimli bayrami sifatida keng nishonlanadi.
Keling, ushbu sana tarixiga nazar solaylik...
1949-yilda Parijda ayollarning Xalqaro demokratik federatsiyasi kongressi bo‘lib o‘tadi. Bu kongressda bolalarning bardamligi va baxt-saodatining kafolati bo‘lgan mustahkam tinchlikni ta'minlash uchun doimiy kurash haqidagi shior yangradi. Urushdan keyingi davrda sayyoramizda yashovchi barcha mitti bolajonlarning sog‘liq va xotirjamligini saqlash dolzarb muammoga aylanib qolgan edi. 1950-yildan e'tiboran 1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni sifatida nishonlana boshladi.
1989-yilda BMT Bosh Assambleyasi bolalar huquqlari to‘g‘risida Konvensiya qabul qildi. Unda butun dunyo mamlakatlari bolalar huquqlarini himoya qilishi lozimligi haqida xalqaro talab va takliflar yozilgan.
Xo‘sh, Xalqaro bolalar kuni qanday nishonlanadi?
Dunyoning ko‘pchilik mamlakatlari va shaharlarida bu bayram bolalar huquqlari va ularni himoya qilish haqida turli suhbatlar va ma'ruzalar o‘tkazish bilan nishonlanadi. Shuningdek, mazkur sanada turli-tuman quvnoq va madaniy ommaviy tadbirlar, sport musobaqalari, konsertlar o‘tkaziladi. An'anaga ko‘ra, shu kuni og‘ir bemor, davolanishga muhtoj va nogiron bolalar uchun xayriya aksiyalari va tadbirlar tashkil qilinadi.
Bolalarni himoya qilish kuni bayramining maqsadi keng jamoatchilik diqqatini muammoli bolalarga, ularning huquqlarini himoya qilishga, himoyalangan dunyoda yashash imkoniyatlariga, baxtli bolalikka ega bo‘lishlariga va o‘z mamlakatining to‘la-to‘kis va xotirjam fuqarosi bo‘lib o‘sishlariga qaratishdir.
Bir so‘z bilan aytganda, Xalqaro bolalarni himoya qilishi kuni bolalarni parvarishlash va ularning huquqlarini himoyalashga bag‘ishlangan bayramdir. MDH va boshqa bir qator mamlakatlarda ushbu bayram 1-iyunda, BMT tavsiyasi bilan esa 20-noyabrda nishonlanadi.
Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni butun dunyo bolalari uchun eng beg‘ubor va quvonchli bayram hisoblanadi. Albatta, bola bu dunyo, bu hayot mazmunining ajralmas qismidir. Bolalar o‘z tabassumlari orqali insonlar qalbida hayotga, yashashga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otadilar. Ko‘zlarida ezgulik va mehr qalqib turgan bolajon musaffo osmonda erkin parvoz etayotgan qaldirg‘och misoli.
Fursatdan foydalanib «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati, Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi barcha bolajonlarni, xususan yurtimiz kelajagi bo‘lgan yosh avlod vakillarini ushbu sana bilan samimiy muborakbod etadi.
«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan bolajonlarga turli konsertlar, ko‘rgazmalar, sayillar, sport musobaqalari va turli xil tadbirlarga chiptalar taыdim etilmoqda. Bugun barcha ota-onalar bolalarning yuzlariga tabassum baxsh etib, o‘z e'tiborlari orqali ularni mamnun etadi, degan umiddamiz.
Darhaqiqat, dunyoda bolajonlar kulgusi-yu, sho‘x-shodon qiyqirig‘idan-da beg‘ubor narsaning o‘zi yo‘q. Tiniq nigohini sizga qadagancha olamdagi jamiki ajoyibotlarni o‘rganishga, mushohada qilishga urinayotgan bolakayning nurli chehrasiga boqqan har qanday inson hayot tashvishlarini unutadi. Zotan, farzandining saodatli va baxtiyor damlarini mudom ko‘rib yashash — har bir inson umrining asosiy mazmunidir.
Ulug‘bek Urunov, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisining matbuot kotibi — axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi
E'tiboringizga mavzuga oid xabar va yangiliklar xronologiyasini taqdim etamiz:
31.05.2022 — Biz mustahkam oilamiz!
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/2404
24.05.2022 — «Katta Qo‘yliq» mahallasida «Bolalarga bering dunyoni!» shiori ostida katta bayram dasturi bo‘lib o‘tdi
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/2380
15.05.2022 — 15 may — Xalqaro oila kuni
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/2333
12.04.2022 — “Super Leo” kitoblari O‘rta-Chirchiq tumanidagi jajji kitobsevarlarga topshirildi
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/2224
16.09.2021— Energetika vazirligi Matbuot xizmatining xabar berishicha, Energetika vazirligi hamda "ERIELL Group" tomonidan chop etilgan "Super Leo" kitobi turli yo‘nalishdagi xayriya va targ‘ibot tadbirlarida bolajonlar uchun tarqatilmoqda
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/1405
01.06.2021 — “ENERGO-IT” filiali: “Bolalar ijodi” ko‘rgazmasi g‘oliblariga istirohat bog‘i chiptalar tarqatildi
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/1103
27.05.2021 — O‘zbekiston yoshlari — Yangi Renessans bunyodkorlari
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/1073
18.09.2020 — Energetiklarning farzandlariga o‘quv qurollari taqdim etilishi davom ettirilmoqda
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/514
09.09.2020 — Energetiklarning farzandlariga o‘quv qurollari sovg‘a tarzida taqdim etilmoqda
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/505
01.06.2020 — Bolalik dunyosi — beg‘ubor dunyo!
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/362
01.06.2020 — 70 yillik beg‘ubor bayram: bugun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/360
26.09.2019 — Energiya tejamkorligi: dolzarb mavzuga maktab o‘quvchilari befarq emas!
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/87
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati