Bugun, 2022-yil 19-may kuni “O‘zbekiston MET” AJda EDF (Fransiya), Nebras Power (Qatar) hamda Sojitz (Yaponiya) kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida “Sirdaryo viloyatida quvvati 1600 MVt bo‘lgan bug‘-gaz issiqlik elektr stansiyasini qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirishning bugungi kundagi holati, istiqbolda amalga oshiriladigan ishlar hamda loyihani o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish uchun zarur bo‘ladigan chora-tadbirlarni qo‘llash bo‘yicha fikr almashildi. Investitsiya loyihasiga taalluqli ishchi masalalar muhokama etildi.
⇒ Eslatib o‘tamiz, ushbu investitsiya loyihasi bo‘yicha joriy yilning 25-mart kuni,I Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida “O‘zbekiston MET” AJ hamda 3 ta kompaniyalari konsorsiumi o‘rtasida elektr energiyasini sotib olish bo‘yicha shartnoma imzolangan edi.
‖ Veb-sahifa ‖ Telegram ‖ Facebook ‖ Instagram ‖ Twitter ‖ Utube ‖ Youtube‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati