Energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xo‘jayev 12-may kuni bir qator ommaviy axborot vositalari vakillari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda energetikaning qaysidir yo‘nalishida tabiiy monopoliya bo‘lsa, shu monopoliya xususiydan ko‘ra, davlatniki bo‘lgani yaxshiroqligi haqida gapirdi. Bu haqda “Bugun.uz” muxbiri xabar qildi.
“Ayrim odamlarda savol tug‘ilishi mumkin. Davlatning energetika sohasidan chiqib ketishi qanchalik o‘rinli? Ertaga ba'zi insonlarning energetik xavfsizlik tushunchasi nima bo‘ladi? Bu yerda aytish kerakki, energetikani davlat ishtirokisiz tasavvur qilish qiyin. Davlat ishtirokisiz deganda faqat u tomonidan tartibga solinishi yoki nazorat qilinishi nuqtai nazardan emas, biznes sub'ekti sifatida davlat korxonalari ham bu yerda ishtirok etishi kerak.
Qiziq tuyuladi, lekin energetikaning qaysidir yo‘nalishi tabiiy monopoliya bo‘ladigan bo‘lsa, buni texnik tarafdan o‘zgartirish imkoni bo‘lmasa, mana shu monopoliya xususiydan ko‘ra, davlatniki bo‘lgani yaxshiroq. Masalan, magistral elektr tarmoqlari, uning altyernativi yo‘q. Unga muqobil yana bitta tarmoq qurib bo‘lmaydi, shuning uchun tarmoq davlatniki bo‘lishi kyerak.
Tarmoqqa ulanadigan hamma sub'ektlar mana shu tarmoq egasi uchun bir xil qadrga ega bo‘lishiga amin bo‘lishi kyerak. xususiy bo‘lsa, albatta, kimdadir shubha tug‘iladi, davlatniki bo‘lgandan keyin hammaga teng imkoniyatlar byeriladi. Chunki uning yagona manfaaati — tizim to‘g‘ri ishlashi kyerak, kafolatli ishlari kyerak”, — deya ta'kidladi vazirlik vakili.
Shuningdek, mutasaddi tizimdagi narx-navolar adolatli bo‘lishi kyerakligini ta'kidlab, ishlab chiqilgan bozorga o‘tish konsepsiyasi yaqin kunlarda tasdiqlanishini aytdi. Unda asosiy masala muddatga qaratilmaganini qayd etdi.
“Tizimdagi narx-navolar adolatli bo‘lishi kerak. Shuning uchun bozorga o‘tish konsepsiyamiz ishlab chiqilgan, yaqin kunlarda tasdiqlanadi. Konsepsiyada bozorning har bir bosqichidan keyingi bosqichiga o‘tish uchun ma'lum bir shartlar bor.
Ko‘p konsepsiyalarda muddat belgilanadi. Avval biz ham shu yo‘ldan ketganmiz. Ko‘p ekspertlar bilan muhokamalardan so‘ng tashqi omillarni ham inobatga olgan holda muddat metodologiyasidan voz kechdik. Endi shart degan tushuncha bor”, — dedi Sherzod Xo‘jayev.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Energetika vazirligi O‘zbekistonda yanvar–mart oylarida iste'molchilarga yetkazib berilgan elektr enyergiyasi hajmi haqida ma'lumot bergandi.
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati