O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-apreldagi 199-F-sonli farmoyishi hamda «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisining 2022-yil 27-apreldagi 97-son buyrug‘iga asosan, bugun, 2022-yil 30-aprel kuni Aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi barcha boshqarma, bo‘lim, xizmat, filial hamda tarkibiy bo‘linmalarda sanitariya-epidemiologik talablar hamda hududlarda mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etgan holda umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda.
O‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hashari Akiyadorlik jamiyatining uzbekistonmet.uz veb-sayti va uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari orqali keng jamoatchlik e'tiboriga yoritib boriladi.
«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tomonidan amalga oshirilgan umumxalq xayriya hashari haqida ⇒ batafsil ma'lumot
Axborot xizmati http://t.me/uzmetaxborotxizmati