Mablag‘lar O‘zbekistonda qishloq tadbirkorligi, shamol elektr stansiyalari va boshqa tarmoqlarni rivojlantirishga yo‘naltiriladi.
2022-yil 19-23-aprel kunlari O‘zbekiston delegatsiyasiyaning Xalqaro Valyuta Fondi va Jahon banki Guruhining "Bahorgi yig‘ilishlari"dagi ishtiroki bo‘lib o‘tadi.
Tashrif davomida O‘zbekiston va qator xalqaro tashkilotlar o‘rtasida hamkorlik bitmlari imzolandi. Jumladan,
► O‘zbekiston va OPEK xalqaro jamg‘armasi o‘rtasida 100 mln dollar;
► O‘zbekiston va Fransiya rivojlanish agentligi o‘rtasida 150 mln yevro;
► Jahon banki bilan “O‘zbekistonda statistika tizimi salohiyatini mustahkamlash" loyihasini moliyalashtirish bo‘yicha 50 mln dollar;
► Jahon banki bilan "Qishloq tadbirkorligini rivojlantirish (Faza-2)" loyihasini moliyalashtirish bo‘yicha 200 mln dollar miqdoridagi imtiyozli mablag‘larni ajratish bo‘yicha qarz bitimlari imzolandi.
Xalqaro Moliya Korporatsiyasi bilan respublikada shamol stansiyalarni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha shartnoma imzolandi.
Bundan tashqari, mazkur yig‘ilishlar doirasida 20 dan ortiq Xalqaro moliyaviy tashkilotlar, investitsion banklar va reyting agentliklari bilan muzokaralar o‘tkazildi.
Manba: https://uznews.uz/uz/posts/55155
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
t.me/uzmetaxborotxizmati