Murojaat egasi: Toshtemirov Oybek Quroqboyevich
Elektron pochta: oyektoshtemirov2@gmail.com
Murojaat mazmuni: «Assalomu alaykum! Men Oybek Toshtemirov, Samarqand viloyati, Poyariq tumanidan murojaat yo‘llamoqdaman. Murojaatim mazmuni shundan iboratki, men yashab kelayotgan mahalla 2018 yilda “Obod qishloq” davlat dasturiga tushdi. Shunda yo‘llarimizga tosh to‘kildi, simyog‘ochlar qisman yangisiga almashtirildi. Lekin bizning ko‘chaga na tosh to‘kildi, na simyog‘ochlar almashtirildi. Simyog‘ochlarning ahvoli juda og‘ir, yiqilish arafasida turibdi. 2018 yildan buyon bir necha marotaba tuman va shahar elektr tarmoqlari korxonasiga murojaat bilan chiqdik. Suratga olib, rasmlarni ham ko‘rsatdik. Ular bizga xat bilan javob qaytarib, “Simyog‘ochlar 2018–2021 yillar almashtiriladi, rejaga kirgizdik”, deb javob qaytardi. Lekin kelib ahvolni ko‘rmadi ham... Sizlardan iltimosim, simyog‘ochlarni yangisiga almashtirishda amaliy yordam berishlaringizni so‘rayman. Murojaatimni e'tiborsiz qoldirmaysiz, degan umiddaman.»
Murojaatga javob: Hurmatli fuqaro Oybek Quroqboevich, Sizning uzbekistonmet.uz veb-saytining "Murojaatlar" rukni orqali yuborgan so‘rovingiz tegishli tartibda qabul qilindi va Siz murojaatda ko‘targan masala turdosh tashkilot — "Hududiy elektr tarmoqlari" AJning matbuot xizmatiga yo‘naltirildi. Umid qilamizki, mas'ul xodimlar murojaatingizni o‘rganib, sizga tegishli tartibda javob berishadi.
MA'LUMOT O‘RNIDA: “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalar orqali elektr energiyasini uzatish (transportirovka qilish), 220–500 kV kuchlanishli elektr tarmog‘i va podstansiyalarni ekspluatatsiya qilish, shuningdek, magistral elektr tarmoqlarida qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya ishlarini bajarish, bundan tashqari, elektr energiyasi importi va eksporti masalalari bilan shug‘ullanib, iste'molchilar bilan bevosita shartnomalar imzolamaydi.
Ijtimoiy tarmoq sahifalari: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/8732
‼ Iste'molchilar bilan bevosita shartnomalar tuzish hamda ularga elektr energiyasini yetkazib berish, iste'molchilar bilan o‘zaro hisobdorlik yuritish, shuningdek, past kuchlanishli tarmoqlarni rivojlantirish, simyog‘och va transformatorlar o‘rnatish, shu bilan birga, ko‘plab boshqa xizmatlarni ko‘rsatish “HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJning vakolatiga kiradi.
⇒ “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat uchun:
het.uz – rasmiy veb-sayti
Telegram – @hetmuloqot, @HET_admin
Facebook – Hududiy elektr tarmoqlari
Call centre: 1154
✍️ «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati